Qabul jarayonlari, muhim muddatlar va imtihon natijalarini shu sahifada kuzatib boring.
Hurmatli abituriyentlar!
Sertifikatingiz bor yoki yo'qligidan qat'i nazar, 17-avgustda ingliz tilidan imtihon topshirgan yoki topshirmaganlaringizdan qat'i nazar — Xitoy bilan qo'shma dasturga hujjat topshirgan barcha abituriyentlar e'tiboriga:
📅 Sana: 20-avgust
🕙 Vaqt: soat 10:00
📍 Manzil: Institut ma'ruzalar zali, 5-zal va 6-zal
Fanlar: matematika, fizika (institutning ichki imtihoni)
✅ Imtihon bepul
✅ Barcha savollaringizga shu yerda javob olasiz
✅ Chet tili imtihonidan 1-patokda o'ta olmaganlar uchun 2-patokga qatnashish bo'yicha tavsiya va ko'rsatmalar beriladi
Barchangiz albatta kelib, imtihonni topshirib keting!
📍 Manzil (xarita): https://maps.app.goo.gl/uQ7PVwJf1cDwCzMm9
Hurmatli Abiturientlar 1-potok chet tili imtihonlari 17-avgust Dushanba kuni soat 15.00 da
"Sayxan City" da joylashgan Bilim va malakalarni baholash agentligining imtihon markazida o'tkazilishi belgilandi.
Quyidagi geolokatsiya bo'yicha kelishlaringiz mumkin.
O'zingiz bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat (passport yoki id karta) aslini olib kelish talab qilinadi
O'zlariz bilan Passport yoki ID karta olib kelish esizdan chiqmasin hurmatli abiturientlar. Belgilangan vaqtdan kechikmanglar!
location:https://www.google.com/maps/place/40%C2%B003'50.9%22N+67%C2%B050'01.8%22E/@40.0640722,67.8325053,499m/data=!3m1!1e3!4m4!3m3!8m2!3d40.064132!4d67.833833?entry=ttu&g_ep=EgoyMDI2MDgxMS4wIKXMDSoASAFQAw%3D%3D
Xalqaro darajadagi ta'lim olish, zamonaviy kasb egasi bo'lish va xorijiy tajribani qo'lga kiritish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!
🌍 Hamkor universitetlar
🇨🇳 Sujou Texnologiyalar Universiteti (Xitoy)
Ta'lim yo'nalishlari:
🔹 Mexanika muhandisligi
🔹 Transport vositalari muhandisligi
🔹 Energetika muhandisligi
🔹 Yengil sanoat muhandisligi
🇺🇿 Turin Politexnika Universiteti (Toshkent shahri)
Ta'lim yo'nalishi:
🔹 Sanoat ishlab chiqarish texnologiyalari
⚛️ MIFI Milliy Tadqiqot Yadro Universiteti Toshkent filiali
Ta'lim yo'nalishi:
🔹 Energetika muhandisligi
⭐️ Qo'shma ta'lim dasturining afzalliklari
✅ 2+2 ta'lim tizimi (hamkor universitetlar uchun)
✅ Xorijiy professor-o'qituvchilardan ta'lim olish
✅ Yirik ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o'tash
✅ Work & Travel va xalqaro ta'lim dasturlarida ishtirok etish
✅ Zamonaviy laboratoriyalarda amaliy mashg'ulotlar
✅ Xalqaro tajriba va raqobatbardosh bilim
✅ Xalqaro darajadagi bakalavr diplomiga ega bo'lish imkoniyati
📚 Ta'lim tili
🇨🇳 Sujou Texnologiyalar Universiteti — Ingliz tili
⚛️ MIFI Milliy Tadqiqot Yadro Universiteti Toshkent filiali — Rus tili
📝 Qabul UzBMBA imtihon natijalari asosida amalga oshiriladi.
📄 Kerakli hujjatlar:
• Pasport
• Attestat (yoki diplom)
💡 Eslatma:
B1 va undan yuqori darajadagi xalqaro yoki milliy til sertifikatiga ega abituriyentlar 2-bosqich imtihonidan ozod etiladi.
📲 Ro'yxatdan o'tish:
https://szut.uz/apply.html
📞 Batafsil ma'lumot:
+998 97 181 02 07
+998 99 557 27 14
+998 97 430 93 53
Jizzax politexnika instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Suzhou texnologiyalar universiteti (SZUT) o‘rtasidagi xalqaro shartnomaga asosan, 2026-2027 o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul boshlanganini e’lon qilamiz!
Kelajakning eng talabgir muhandislik sohalarida xalqaro mutaxassis bo‘lish hamda O‘zbekiston va Xitoyning diplomlariga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
⚙️ Ta’lim yo‘nalishlari va kvotalar:
Mexanika muhandisligi – 25 nafar
Energetika muhandisligi – 25 nafar
Yengil sanoat muhandisligi – 25 nafar
Transport vostilalari muhandisligi (shuningdek, New Energy Vehicle Engineering – Zamonaviy elektromobillar muhandisligi yo‘nalishlari) – 25 nafar
🌐 Dasturning asosiy afzalliklari:
🎓 Double Degree: O‘qishni tamomlagach, JizPI va Xitoyning Suzhou universiteti diplomlariga ega bo‘lasiz.
🇨🇳 Xitoyda ta’lim: O‘quv rejasiga muvofiq, talabalar tahsilning muayyan qismini Xitoyda joylashgan zamonaviy o‘quv kampuslarida va innovatsion laboratoriyalarda davom ettirishadi.
🗣 Til o‘rganish: Xitoy va ingliz tillarini mukammal o‘zlashtirish, xalqaro tillarda erkin muloqot qilish muhiti.
💼 Karyera imkoniyatlari: O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik Xitoy kompaniyalari, elektromobil zavodlari va ishlab chiqarish korxonalarida yuqori maoshli ish o‘rinlari.
📝 Hujjatlarni topshirish va batafsil ma’lumot:
Abituriyentlarni ro‘yxatga olish hamda dastur talablari bilan batafsil tanishish uchun qo‘shma dasturning rasmiy portaliga tashrif buyuring:
🌐 Rasmiy veb-sayt: szut.uz
📞 Call-center (JizPI): +998 97 181 02 07
📍 Manzil: Jizzax shahri, Islom Karimov shoh ko‘chasi, 4-uy. (JizPI 2-o'quv binosi)
Kelajak muhandisligini biz bilan birga bunyod eting! Joylar soni cheklangan!